10 Avgust 2024, 15:27 Oʻzbekiston

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Yunusobod tumanidagi do‘konlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Hodisa yuzasidan poytaxt FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10-avgust kuni soat 14:02 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 14:08 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar