17 Avgust 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi

“Toshshahartransxizmat” AJ maxsus dasturiy ta’minot yordamida jamoat transportining maksimal tezligini tushirmoqda.

Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi

“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli barcha avtobuslarning maksimal tezligi maxsus dasturiy ta’minot yordamida 50 kilometr/soatga tushirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya vakilining qayd etishicha, bundan maqsad — yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish va ko‘chalarda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat.

Bu dastur qilinganidan keyin avtobus tezligi 50 km/soatdan ko‘tarilmaydi, deydi “Toshshahartransxizmat” vakili.

Tezligi cheklangan avtobuslarning old oynalariga “50” ogohlantiruvchi belgisi yopishtirib chiqilmoqda.

2023 yil fevralda Toshkentda, jamoat transporti uchun alohida harakatlanish bo‘lagi tashkil etilgan 4 ta ko‘chada bu yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 55 ta yangi kamera o‘rnatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunga qo‘shimcha ravishda avtobuslarning o‘ziga ham qoidabuzarlikni avtomatik qayd etuvchi smart-kameralar o‘rnatilgan.

Mashhur yangiliklar