7 Yanvar 2025, 14:21 Oʻzbekiston

Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi

Toshkent shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini naqd ko‘rinishida to‘lashga urinish jarimaga sabab bo‘ladi.

Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi

Toshkentdagi avtobuslarda 2025-yil 1-yanvardan boshlab naqd pul qabul qilish to‘xtatilgandi. Yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev O‘zAga ma’lum qildi.

“Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda qabul qiladigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi”, deydi Salimjon Nishonboyev

Ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) hamda 145-moddasiga (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish) asosan rasmiylashtiriladi. Ya’ni, yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va BHMning o‘ndan biri miqdorida — 37 ming 500 so‘m jarima belgilanadi. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha avtobuslarga nazorat kameralari o‘rnatilgan.

Mashhur yangiliklar