27 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentda avtobusda 63 yoshli yoʻlovchi vafot etdi

Poytaxt YHXB sodir boʻlgan holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Toshkentda avtobusda 63 yoshli yoʻlovchi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Beruniy metro bekati yaqinida katta yoshli fuqaroni avtobus bosib ketgani, oqibatda piyoda vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt YHXB sodir boʻlgan holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 26-sentyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Olmazor tumani Beruniy metro bekatida turgan avtobusda yoʻlovchi – 63 yoʻlovchi A.A.ning sogʻligʻi yomonlashgan. Unga havo yetmayotgani sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez-tibbiy yordam chaqirtirilgan. Biroq yoʻlovchi tez-tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, rasmiy manba ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan maʼlumotlarini chiqarmasliklari soʻragan.

Mashhur yangiliklar