23 Avgust 2024, 17:31 Oʻzbekiston

Toshkentda asosan qaysi idoralar mansabdorlari korrupsiyaviy jinoyat sodir etayotgani ochiqlandi

Poytaxtda 2024 yilning 7 oyi mobaynida 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan.

Toshkentda asosan qaysi idoralar mansabdorlari korrupsiyaviy jinoyat sodir etayotgani ochiqlandi

22 avgust kuni Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosarining poytaxtda mansabdorlik va korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurash borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari haqidagi hisoboti tinglandi.

Xususan, poytaxt prokuraturasi organlarida 2024 yil 7 oyi mobaynida 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganligi yuzasidan 185 ta jinoyat ishi tergov qilingan.

Ular asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, moliya, soliq, energetika, bank, hokimlik xodimlari, kadastr xizmati va ekologiya idoralarning mas’ul hamda mansabdor shaxslari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Korrupsiya holatlarini fosh etish va aybdor shaxslarga jazo muqarrarligini ta’minlash borasida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 81 ta tezkor tadbirlar o‘tkazilib, barchasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Mashhur yangiliklar