Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon olib kirib berdi
Toshkent shahrida test topshirayotgan abituriyentga tez yordam xodimi orqali telefon kiritildi.
Kun.uz’ning xabar berishicha, joriy yilning 17 iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida o‘tayotgan test vaqtida abituriyentlardan birining ahvoli yomonlashgan. Unga yordam ko‘rsatish uchun tez yordam xodimlari yetib kelgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ahvoli yaxshilangach, abituriyent test jarayoniga qaytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, nazoratchilar abituriyentda telefon borligini aniqlashadi va tegishli dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.
Holat bo‘yicha Shayxontohur tuman tez tibbiy yordam bo‘limi qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, xodim o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan, bo‘lim boshlig‘iga hayfsan e’lon qilingan.
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Shayxontohur tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi