Toshkentda 32 yoshli erkak o‘smir bolani kaltakladi
Toshkent shahrida 32 yoshli erkak qizi sabab o‘zidan 16 yosh kichik bolani kaltakladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro boshqa shaxsga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992-yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 2008-yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar — M.I.ning qizi va T.T.ning ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.
Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi