Toshkentda 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
25 sentabr kuni ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov harakati o‘tkazildi.
Joriy yilning 18 sentabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 19 yoshli qizning o‘limi bilan tugagan YTH sodir bo‘lgan. Hozirda avtoavariya bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Gentra haydovchisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
25 sentabr kuni ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov harakati o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan yo‘lda avtomobillar uchun cheklangan harakat tezligi 30 km/soatni tashkil qilgan. Haydovchining tan olishicha, uning hodisa paytidagi tezligi soatiga 70-80 km atrofida bo‘lgan, tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini ko‘rmagan.
Svetoforga yetganimda qarama-qarshi tomonidan Matiz chiqib keldi, o‘shanda tezligim 70 dan oshgan, 80 lar atrofida edi, Matiz meni o‘tkazib yubormadi, tormozni bosdim, bitta g‘ildiragim tramvay relsiga tegib, mashina bir silkindi va o‘ng tomonga tortib ketdi, ko‘zim Matizda edi, odam o‘tayotganini ko‘rmay qoldim, rulni ham burganim yo‘q. Matiz qochib ketdi, deydi haydovchi tergovchining savollariga javob berar ekan.
Qizning otasi haydovchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lganini, u qizini shifoxonaga olib bormay noinsoniyligini ko‘rsatganini aytdi:
Haydovchi qizimni 10 minut vaqtda 16-sonli shifoxonaga olib borishi mumkin edi. Balki qizim nogiron holda bo‘lsa ham tirik qolarmidi? degan u.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Gentra haydovchisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi