Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali rekonstruksiya qilinmoqda
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi.
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Shu sababli zalning chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan to‘g‘riga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yo‘lak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.
Loyihaga ko‘ra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozirda mavjud zal maydoni 5300 kv.m hisoblanadi.
Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni o‘z ichiga oladi.
Rekonstruksiya ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan, shundan so‘ng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi Pekindan qaytgan yo‘lovchi 145 mln so‘mlik soatni yashirincha olib o‘tishga urindi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi Xalqaro aeroportda shampun ichiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi