Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shag‘al qazilishi tufayli tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya xodimlari, viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda Bekobod tumani “Achamayli” MFY hududidan oqib otuvchi Sirdaryo daryosida ekologik nazorat tadbirlari olib borildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, reyd davomida daryoning chap qirg‘og‘idan davlat raqami yechib olingan texnika vositasi (yuklagich) yordamida ishlov berilmagan qum, qum-shag‘al aralashmalari Hovo hamda “ZIL” yuk tashish avtotransport vositalariga yuklanib, olib chiqib ketilayotganligi aniqlandi.
Qum-shag‘al qazib olinish natijasida tabiatga 87 milliard 651 million 83 ming 344 so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Uchta yuk tashuvchi avtotransport vositasi vaqtinchalik saqlab turish uchun Bekobod shahar hududidagi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi Andijonda Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olayotganda ushlandi Chirchiq daryosi o‘zaniga 273,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinganlar tabiatga 183 mlrd so‘m zarar yetkazdi