23 Sentabr 2024, 12:32 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida maktab oʻquvchilari suvdan zaharlandi

Ayni paytda bir qator masʼullardan iborat ishchi guruh holatni oʻrganmoqda.

Toshkent viloyatida maktab oʻquvchilari suvdan zaharlandi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida maktab oʻquvchilari suvdan zaharlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, holat Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida sodir boʻlgan.

Ayni paytda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Olmaliq shahar boʻlimida faoliyat yurituvchi masʼullardan iborat ishchi guruh holatni oʻrganmoqda, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, oʻrganishlar yakunida batafsil maʼlumot beriladi.

Mashhur yangiliklar