Toshkent viloyatida isitish tizimi ishga tushirildi
Viloyat hokimi issiqlik ta’minotini ulashga ruxsat beradigan hujjatni imzoladi.

3-noyabrdan Toshkent viloyatida markazlashgan issiqlik ta’minoti boshlanadi, deyiladi viloyat hokimining qarorida.
Issiqlik ta’minoti tashkilotlariga ichki isitish tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, barcha zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish topshirildi. Aholi va tashkilotlarga isitish mavsumida isitish moslamalarining sozligini tekshirish va ularning holatini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi.
Mutasaddilarga isitish mavsumida tabiiy gaz, sovuq suv va elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda issiqlik ta’minoti tariflari oshadigan sana ma’lum bo‘lgandi. Tariflar poytaxt hokimligi tomonidan tasdiqlangan.
Izohlar