
Toshkent viloyatida bogʻchada bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan boʻshatildi
Viloyat MMTB xabar berishicha, bolalar jabrlanmagan, ish IIB nazorati ostida.

3-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda bogʻcha tarbiyachisi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB voqeaga izoh berdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 2-aprel kuni Nurafshon shahridagi xususiy bogʻchada sodir boʻlgan. Viloyat MMTBda ishchi guruh tuzilib, bogʻchada tekshiruv oʻtkazildi. Maʼlum boʻlishicha, bogʻcha tarbiyachisi bolalarga oʻta qoʻpol munosabatda boʻlgan.
Muassasa rahbari kuzatuv kameralari yozuvlari bilan tanishib, materiallarni jamoaga muhokama qilish uchun topshirdi. 3-aprel kuni tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, u ishdan boʻshatildi.
Ishchi guruh xodimlari muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning sharoitlarini oʻrganib, ota-onalar bilan suhbatlashdi. Maʼlum qilinishicha, bolalar jabrlanmagan. Shuningdek, tashkilot xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. IIB ishni nazoratga olgan.
Soʻnggi yangiliklar







