Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Bo‘stonliq tuman sudiga yuborilgan.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Bo‘stonliq tumani Pskom qishlog‘i Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida reyd tadbiri o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, reyd davomida tuman hududida yashovchi fuqaro Y.B. inspektorlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan 1 bosh Sibir tog‘ echkisining tana qismlari topilgan.
Natijada «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga asosan hayvonot dunyosiga 11 milliondan so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Bo‘stonliq tuman sudiga yuborilgan.
Sibir tog‘ echkisi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, u asosan chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘larda yashaydi. Ular o‘rtacha 15-17 yil yashaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgacha yetadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olgan shaxs 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Soʻnggi yangiliklar







