3 Dekabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi lavozimga tayinlandi

Oktyabr oyida faoliyatidagi kamchiliklar uchun ishdan olingan Erkin Muhiddinov yangi lavozimga tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi lavozimga tayinlandi

Erkin Muhiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Erkin Muhiddinov 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, «Turon» bank, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida rahbar lavozimlarda hamda Ohangaron tumani hokimi bo‘lib ishlagan.

Erkin Muhiddinov shu yil oktyabr oyi o‘rtalarida faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Mashhur yangiliklar