Toshkent va Qozondan Farg‘onaga parvozlar yangi jadval asosida amalga oshiriladi
Uzbekistan Airways vaqtinchalik o‘zgarishlar sababini tushuntirdi.

Havo kemasini tayyorlash munosabati bilan HY85/86 (Toshkent – Farg‘ona – Toshkent) va HY9651/9652 (Farg‘ona – Qozon – Farg‘ona) reyslari quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi:
- HY85 Toshkent – Farg‘ona reysi: Toshkentdan uchish soat 12:00 da, Farg‘onaga kelish soat 12:45 da;
- HY9651/9652 Farg‘ona – Qozon – Farg‘ona reysi: Farg‘onadan jo‘nab ketish 13:45, Qozonga yetib kelish 15:30 da. Qozondan jo‘nab ketish 16:40 da, Farg‘onaga yetib kelish 22:00 da;
- HY86 Farg‘ona – Toshkent reysi: Farg‘onadan 23:00 da jo‘nab ketadi, Toshkentga 23:50 da yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Sharqiy va Markaziy Yevropaga yuk reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Loyihani amalga oshirish uchun hukumat xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.
Izohlar