O‘zbekistonda ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetikani rivojlantirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish rejalashtirilayotgani haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yirik korxonalarga 100 mln dollarlik kredit liniyasi ochiladi. Pullar filtrlar, tozalash inshootlari va atmosferaga zararli moddalar chiqishini kuzatish stansiyalarini o‘rnatishga sarflanadi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gaz bilan isitiladigan issiqxonalar mavjud. Bundan buyon ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalar filtrsiz ishlamaydi. Ular poytaxtdan tashqariga ko‘chiriladi, isitish esa markazlashtirilgan qozonxonalar orqali tashkil etiladi. Shu maqsadda kamida 200 gektar maydonda agroklasterlar tashkil etiladi. Ular tarkibidagi issiqxonalarga alohida subsidiyalar ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident korrupsiyaga qarshi kurashda favqulodda holat e’lon qilgandi. Shuningdek, Hisob palatasi vakolatli vakilining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.























