22 Avgust 2024, 13:50 •Oʻzbekiston
Toshkent metrosida begona qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
Toshkent shahrida qizning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi.
Toshkent metrosida qizning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 26-iyul kuni fuqaro “Amir Temur” bekati elektrpoyezdi ichida qizning belidan past qismini ushlab unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan. Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga iqrorligini, qizning belidan pastiga qo‘li ketib qolgani, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va unga ushbu moddaga asosan uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20