25 Oktabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

Toshkent metrosi saylov kuni 1 soat avval ish boshlaydi

Poytaxt metrosi 27-oktyabr, saylov kuni o‘z ish faoliyatini 1 soat avval boshlaydi.

Toshkent metrosi saylov kuni 1 soat avval ish boshlaydi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlari 27-oktyabr, yakshanba kuni soat 05:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ushbu kunda yo‘nalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.

Mashhur yangiliklar