O‘zbekiston

Toshkent aholisi elektr tarmog‘i, obodonlashtirish va ekologiya bilan bog‘liq muammolardan eng ko‘p shikoyat qilmoqda

Xalq Nazorati mutaxassislari poytaxtning qaysi tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash eng yomon ahvolda ekanini aniqladi.

Toshkent shahri aholisi bir haftada 1 047 ta shikoyat yo‘llagan, deb xabar bermoqda Xalq Nazorati portali.

Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yaxshi ish Uchtepa tumanida kuzatilmoqda — 10 balldan 8,44 ball. So‘nggi o‘rinni 2,15 ball bilan Sergeli tumani egalladi.

Muddati o‘tgan shikoyatlar bo‘yicha eng katta muammolar Yunusobod tumanida kuzatilmoqda — 707 ta murojaat. Bunda eng ko‘p shikoyatlar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga — 1 361 ta ariza, 1 231 tasi hal etilgan, Ekologiya boshqarmasiga — 1 817 ta ariza, 1 643 tasi hal etilgan va “Toshkent shahar elektr ta’minoti korxonasi”ga — 6 213 ta ariza, 6 091 tasi hal etilgan.

Jami 52 088 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 45 664 tasi hal etilgan, 91 tasi rad etilgan. Toshkentliklarning eng ko‘p uchraydigan muammosi uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘lib qolmoqda — 31,9%. Keyingi o‘rinlarda yo‘llarning holati — 17,1 foiz, obodonlashtirish — 5,6 foiz va ekologik muammolar — 3,5 foiz.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная