8 Oktabr 2024, 14:32 Oʻzbekiston

Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov buni rad etdi.

Toshkent aeroportida ayol kishi vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi

Dubay—Toshkent aviareysida uchib kelgan ayol aeroportda vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov buni rad etdi.

Tarmoqda tarqalgan xabarlarda ayol bojxona tekshiruvidan o‘tayotganida vafot etgani aytilgan.

Aeroportda bir ayol vafot etgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi Hayot Shamsutdinov bergan axborotda.

Uning bildirishicha, 8-oktyabr kuni Dubay—Toshkent aviareysida uchib kelgan 1986-yilda tug‘ilgan ayolning sog‘lig‘i yomonlashgan. Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mashhur yangiliklar