12 Iyul 2024, 12:35 Oʻzbekiston

Test sinovi oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi

BBA abituriyentlardan test sinovlariga kech qolmaslik, pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmaslikni soʻragan.

Test sinovi oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi

2024-2025 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari uchun test sinovlari oʻtadigan binolar roʻyxati Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi. Hududlar kesimida binolar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentigining rasmiy saytida test boʻlib oʻtadigan hududlar haqida maʼlumot joylashtirildi. Unda quyidagi maʼlumotlar aks etgan:

  • test sinovi oʻtkaziladigan hududning rasmi;
  • hududga kirish joylari;
  • test sinovi oʻtkaziladigan joy nomi;
  • test sinovi oʻtkaziladigan joy manzili;
  • bino raqami;
  • test sinovi oʻtkaziladigan guruhlar;
  • joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar bilan hududlar kesimida bu yerdan maʼlumot olish mumkin. Shuningdek, “Abituriyent ruxsatnomasi”da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni ham mavjud. Agentlik abituriyentlardan test sinovlariga kech qolmaslik, pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmaslikni soʻragan.

Mashhur yangiliklar