Temiryo‘l kassalari va ilovada chiptalar qolmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kassalar va ilovada chiptalar qolmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar uchun yo‘lovchi poyezdlariga chegirma e’lon qilingani, lekin temiryo‘l kassalarida va ilovada chiptalar qolmagani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, hozirgi kunda Toshkent shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etilgan. Ushbu sayyor kassalar orqali talabalar bemalol o‘z yashash manzillariga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari uchun chiptalarni xarid qilishi mumkin. Shu bilan birga, yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar ulanib, yangi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu o‘rinda 50 foiz chegirma bilan talabalar tomonidan xarid qilingan chiptalar bo‘yicha kunlik ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. 19-dekabr 8:00 holatiga ko‘ra, talabalar tomonidan elektron tarzda 15 465 ta, chiptaxonalardan 3 539 ta, jami 19 004 ta chipta 50 foiz chegirma bilan xarid qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida Damas’ni poyezd urib yubordi Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi “O’zbekiston temir yo‘llari” ham talabalar uchun 50 foizlik chegirma e’lon qildi 2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi Toshkentda poyezd 15 yoshli bolani urib ketdi