6 Avgust 2024, 17:08 •Oʻzbekiston
Surxondaryoda yoʻlovchi poyezdi va Lacetti ishtirokida ayanchli avariya sodir boʻldi
Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd yoʻliga chiqqan Lacetti'ni urib ketdi, oqibatda 24 yoshli haydovchi halok boʻldi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd yo‘liga chiqqan Lacetti avtomashinasini urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Qayd etilishicha, hodisa 6-avgust kuni soat 12:40 atrofida tumanning Joziba mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
24 yoshli haydovchi Lacetti avtomobilida temiryo‘l kesishmasida o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.
Shu paytda ushbu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Sariosiyo-Termiz yo‘lovchi poyezdi uni urib yuborgan. Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20