Surxondaryoda UAZ YTHga uchrashi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvi ortidan ulardan biri ag‘darildi, oqibatda mashina salonidagi 6 nafar yo‘lovchi jarohatlandi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 1-avgust kuni ikkita UAZ to‘qnashdi, deb xabar bermoqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
Yo‘l-transport hodisasi soat 15:00 larda Xonjiza mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. UAZ haydovchisi (2003-yilda tug‘ilgan) o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan boshqa bir UAZ mashinasini (haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan) quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytda u boshqaruvni yo‘qotib, avtomobilning o‘ng tomoniga urilgan. Oqibatda transport vositasi yo‘ldan chiqib, ag‘darilgan.
YTHda mashina salonidagi 6 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi