Surxondaryoda onasidan yashirilgan 9 yoshli qiz otasining kiyim javonidan topildi
Qizaloq sog‘-salomat ona tarbiyasiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi erkakning sobiq xotinidan yashirgan qizi Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylardan topildi. Bu haqda MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi katta inspektori Qobiljon Tursunov xabar berdi.
Viloyatning Sherobod tumanida yaxshi orzu-umidlar bilan qurilgan oila hayotning achchiq haqiqatlariga dosh berolmay, yosh kelin-kuyovning taqdir yo‘llari ayro tushdi. Kelin bo‘lib kelgan Nargiza Qodirova turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar sabab ota uyiga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Oilada dunyoga kelgan qizaloqni o‘zi bilan olib ketishga qaror qildi. Biroq bola onasidan uzoqlashtirilib, unga hattoki diydorini ham ko‘rsatishmadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudida bolani onasiga olib berish to‘g‘risidagi da’vo ariza taraflar va xolislar ishtirokida ko‘rib chiqilib, voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan qizaloq ona mehri va tarbiyasiga muhtojligi uchun ona tarbiyasiga qaytarish zarurligi belgilandi, deydi Qobiljon Tursunov.
MIB mas’ulining bildirishicha, mazkur sudning ijro hujjati byuroning Sherobod tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Ammo bola qarzdor ota uyidan boshqa manzilda yashirib kelinganligi sababli, davlat ijrochisining qarori bilan voyaga yetmagan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Oradan 3 oy o‘tib, voyaga yetmagan qizaloq Termiz shahri “Navro‘z” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridan topildi. Qarzdor ota uy eshiklarini ochishni istamaganidan so‘ng, xonadon eshigi xolislar ishtirokida majburiy tartibda ochildi. Bola esa uyning kiyim javonidan topildi. Bola sog‘-salomat ona tarbiyasiga topshirildi, deydi u.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi