Surxondaryoda ona 15 yoshli qizini doimiy kaltaklab kelgani aniqlandi
U avval ham qiziga tan jarohati yetkazgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Q. (erkak)ning murojaati kelib tushdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, I.Q. o‘z murojaatida oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i F.T. bilan birga yashamayotganini, hozirda turmush o‘rtog‘i tomonidan voyaga yetmagan farzandi Z.D.ga (2009-yilda tug‘ilgan, qiz bola) nisbatan bir necha marotaba jismoniy zo‘ravonlik qilinganini bildirgan.
Aniqlanishicha, ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ota bunga qaramay zo‘ravonlik yana davom etayotganini bildirib, farzandining huquqlarini himoya qilishni va turmush o‘rtog‘i F.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, Termiz shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida (sud tibbiyot ekspertizasi xulosasi asosida) ayol voyaga yetmagan farzandini urib, tan jarohati yetkazgani aniqlandi.
19-dekabr kuni ayolga Jinoyat kodeksining 126-modda 1-bandi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi Farg‘onada erkak ikkinchi xotinini urib, jag‘ini sindirdi Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi