Surxondaryoda noqonuniy baliq ovlanishi ortidan tabiatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetdi
Sho‘rchi tumanida elektr qarmoq bilan baliq ovlanishi oqibatida 221 bosh baliq nobud bo‘ldi va tabiatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetdi.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida noqonuniy usulda baliq ovlaganlar ushlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.
Tashkilotning hududiy boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Sho‘rchi tumanida tezkor nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Tamaddun mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaro Surxondaryoning mahalladan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy baliq ovlagani aniqlangan.
Huquqbuzarlar tomonidan 182 bosh kumush tovon balig‘i (karas), 37 bosh orol moy balig‘i, 2 bosh Samarqand xramulyasi (tupak) baliqlari taqiqlangan usul — elektr qarmoq bilan ovlangan.
Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 1 milliard 439 million 900 ming so‘mni tashkil etdi.
Holat yuzasidan huquqiy baho berish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar summalarini undirish maqsadida barcha to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi Surxondaryoda tabib oldiga yordam so‘rab kelgan ayolga shilqimlik qildi Surxondaryoda ayol o‘z qizini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi