Surxondaryoda kondagi avariya sabab havoga oltingugurt gazi tarqaldi
Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kecha, 1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi konda sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Koʻlqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25-yilligi” koniga qarashli 604-son qudugʻida burgʻulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi tufayli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat toʻliq nazorat ostida. Vaximaga oʻrin yoʻq, deyiladi vazirlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Surxondaryoda noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinayotgani aniqlandi Surxondaryoda qiymati 3,3 mln dollarlik “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushdi