15 Avgust 2024, 15:12 Oʻzbekiston

Surxondaryoda bog‘cha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi

Denov tumanidagi bog‘chada tarbiyachi 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kaltakladi

Surxondaryoda bog‘cha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 13 avgust sanasida Surxondaryo viloyati Denov tumanining 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan.

Videoda mustaqillik haqidagi she’ni yodlatmoqchi bo‘lgan xodim yig‘layotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun kaltaklagani ko‘rinadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qo‘ling tizzangda tursin”, degan buyrug‘i va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu holat o‘rganilayotganini, qo‘shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qildi.

Mashhur yangiliklar