7 Avgust 2024, 14:21 Oʻzbekiston

Surxondaryoda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Qumqo‘rg‘on tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs ushlandi.

Surxondaryoda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi savdo do‘konidan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “R.E.” MCHJ rahbari B.X. xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 518 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 500 dollar va 3,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, MCHJ savdo do‘konidan sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan umumiy bahosi 40,5 mln so‘mlik 1 965 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar