Sud Rasul Kusherbayevdan aliment undirish to‘g‘risidagi da’voni qanoatlantirdi
Vazir maslahatchisi va sobiq deputatning apellyatsiya berish huquqi saqlanib qoladi.

15-avgust kuni sud ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyevga aliment to‘lash to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sud 2023-yilda tug‘ilgan bolaning ta’minoti uchun alimentlarni 2025-yil 28-iyundan boshlab u voyaga yetgunga qadar undirish to‘g‘risida qaror chiqargan. Qayd etilishicha, ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev bolaning onasiga oylik ish haqi va boshqa barcha daromadlarning 1/4 qismini to‘lab beradi.
Avvalroq ekologiya vaziri maslahatchisi sud qaroridan norozi bo‘lib, 2025-yil 21-iyulda e’tiroz bildirgandi. 23 iyul kuni uning aliment undirish to‘g‘risidagi sud qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilgan. Murojaatchi 2025-yil 5-avgust kuni aliment undirish bo‘yicha sudga yana da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga, Rasul Kusherbayev aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgani haqidagi bayonotni yolg‘on deb atadi va shaxsiy ma’lumotlarni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Oliy sud matbuot xizmatining qayd etishicha, yangi da’vo ustidan qonunda belgilangan muddat va tartibda Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish orqali ham shikoyat qilinishi mumkin.
Izohlar