SSV ham fuqarolarni jaziramadan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Issiq ob-havoda kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarurligi ta’kidlangan.
O‘zbekistonda jazirama ob-havo kuzatilayotgani bois Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalarida patronaj xizmatlari kuchaytirilib, surunkali kasalliklarga chalingan yotoq sharoitidagi bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 2 852 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limlarida hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
Vazirlik jazirama kunlarda, eng avvalo bolalar, qariyalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar sog‘lig‘iga yanada e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Buxoro SSBga yangi rahbar tayinlandi FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi