O‘zbekiston

Sovuq va yog‘ingarchilik: 10-dekabr uchun ob-havo

Ayrim joylarga tuman tushadi.

10-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

В Ташкенте ночью и утром дождь, возможен туман, днем без осадков. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda 20-22 m/s gacha bo‘lgan kuchli shamol bo‘lishi mumkin. Tunda havo harorati 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiyda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
  • Samarqand viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная