Sirdaryoda tomogʻiga ovqat tiqilib qolgan 2 yashar bogʻcha bolasi vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Sirdaryo viloyatida 2 yoshli bogʻcha tarbiyalanuvchisi tomogʻiga ovqat tiqilib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 7-avgust kuni soat 11:10 larda Mirzaobod tumanida sodir boʻlgan. Yoʻldoshobod MFYda joylashgan YATT “A,Z,A,” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 2022-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchisi I.S. (oʻgʻil bola) toʻsatdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, I.S.ning oʻlimiga nafas yoʻllarining ovqat massasi bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlgan.
Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi Sirdaryoda fuqaro 683 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi