Sirdaryoda sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi
Sirdaryo tumanida uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida bir oilaning uch aʻzosini qasddan oʻldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi.
Qotillik 27-aprel kuni sodir etilgan. 4-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudida fuqaro M.Sh.ga oid ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchi 2022-yildan 2023-yilgacha IIB jamoat tartibini boʻlimida maxsus qabulxona navbatchilik qismi inspektori lavozimida ishlagan.
Erkak 26-aprel kuni fuqaro E.K. (ayol)ning uyiga borgan va suhbat davomida ular orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ayol erkakning otasi va qizini haqoratlagani sababli janjal kelib chiqqan.
Shundan soʻng sudlanuvchi xonada boʻlgan oʻtkir tigʻli ayollar tirnogʻini tekislash vositasi bilan jabrlanuvchining boʻyin, jagʻ va peshona sohalariga bir necha marotaba urib, uni qasddan oʻldirgan.
Erkak oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shovqin boʻlgan xonaga qarab kelayotgan marhumaning oʻgʻlini hamda uning onasi M.K. (ayol)ni ham oʻldirib, murdalar yotgan xonalarni qasddan yoqib yuborgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v, r” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni maxsus tartibli koloniyada oʻtash belgilandi. Jazo muddati 2024-yil 27-apreldan boshlab hisoblangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi