Toshkentdagi ko‘chaning bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi
Yakkasaroy tumanidagi Bobur koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Bobur koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” kompaniyasi.
Qayd etilishicha, mazkur koʻchaning Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Seul koʻchasi bilan kesishmasigacha Shayxontohur tumandagi isteʻmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʻminlash maqsadida koʻchada 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Shu sababli 16-oktyabrdan 15-noyabrga qadar Bobur koʻchasining ushbu qismida toʻrt chiziqli yoʻlning ikki chizigʻida harakat cheklanadi, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yoʻnaltiriladi.
Kompaniya noqulayliklar uchun uzr soʻrab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashmoqda Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin Toshkentda Gentra haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Soʻnggi yangiliklar







