Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Sirdaryo viloyatida 5 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MChJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasi o‘z binosida hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Buxoroda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi