21 Noyabr 2024, 08:53 Oʻzbekiston

Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi

Yangiyer shahrida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi.

Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan

Unda “Y.Z.” MChJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar