Sirdaryoda erkak xotinini kaltaklab, sochini qirqib tashladi
Ma’lum bo‘lishicha, ayolda erining zo‘ravonligidan himoyalanuvchi order bo‘lgan.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, sochi olib tashlandi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Guliston shahrining “Bo‘ston” mahallasidagi 4-mavzeda yashovchi Nilufar ismli ayol o‘zi ishlaydigan choyxonadan eri tomonidan zo‘ravonlarcha olib ketilgan.
O‘sha kuni eri uni urib, kaltaklab, sudrab olib ketdi. Hammaning ko‘z o‘ngida kaltaklangan ayol kecha — 20-mart kuni tanishining uyiga qochib borgan va undan yashirinish uchun joy so‘ragan. Ayolning yuzi ko‘karib, ayovsiz kaltaklangan. Sochlari kalga olingan, deyiladi manba xabarida.
Manbaning ma’lumot berishicha, ayolda erining zo‘ravonligidan himoyalanuvchi order bor.
Bu ayol anchadan beri kaltaklanib, “samosud” qilinadi. Qo‘lida himoya orderi bo‘lsa-da, foydasi yo‘q. Bu ayolga hech kim yordam berolmayapti. Eri bir kun urib, o‘ldirib qo‘ymasa bo‘ldi edi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi