25 Sentabr 2024, 15:41 Oʻzbekiston

Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bobur Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.

Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bobur Yo‘ldoshovich Abubakirov Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.

Bobur Abubakirov 1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015 yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.

Muqaddam Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlagan. 2019 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mashhur yangiliklar