Shavkat Umurzoqov mahalliy kengash deputati etib saylandi
Sessiyada Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupov hududda boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida maʼlumot bergan.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov mahalliy kengash deputati etib saylandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi boʻlib oʻtgan. Sessiyada Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupov hududda boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida maʼlumot bergan.
Unga koʻra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Umurzoqov xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining deputati etib saylangan.
Sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish kabi masalalar ham oʻrin olgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini yakunladi Hokimlar bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari kengashi raisi boʻlishi taqiqlanmoqda Ўзбекистонда мажлисларда узрли сабабларсиз қатнашмаган депутатлар ваколати муддатидан илгари тугатилиши мумкин