Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov qator bitimlarni imzoladi — asosiylar
Shuningdek, tomonlar qo‘shma bayonot imzoladi.

Samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qo‘shma bayonot imzoladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Tomonlar O‘zbekiston–Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar hamda savdo, transport, energetika, suv xo‘jaligi va boshqa muhim yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.
Davlat rahbarlari huzurida sog‘liqni saqlash va tibbiyot ilm-fani sohasida hamkorlik to‘g‘risida, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi hamda adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturini imzoladilar. Bundan tashqari, quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston – Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyati to‘g‘risidagi shartnoma;
- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- Xalqaro avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- Neft mahsulotlari va suyuq kimyoviy yuklarni tashish uchun temir yo‘l vagonlarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
- Biologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston ekspertlar kengashini tuzish to‘g‘risidagi memorandum;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Turkmaniston Davlat, huquq va demokratiya instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
- O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va Lebap viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi va Axal viloyati hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshhovuz viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
Izohlar