O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi

Tashrif davomida davlat rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlariga tashrif buyuradi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan bordi Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga bordi.

Tashrif davomida davlat rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlariga tashrif buyuradi. Ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini ham o‘tkazadi, “O‘zbekiston” bog‘iga asos soladilar va Bokuda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochadi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev 3-iyul kuni muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Agdam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyuradi.Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kelishuvlarning salmoqli to‘plami shakllantirildi.

“Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024 yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Ozarbayjon poytaxtlarida bir-birining sharafiga bog‘lar barpo etiladi. Bokuda yashil hudud Oq shahar hududida paydo bo‘ladi, Toshkentda esa hozircha joylashuv noma’lum.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная