O‘zbekiston va Ozarbayjon poytaxtlarida bir-biri sharafiga bog‘lar barpo etiladi
Bokuda yashil hudud Oq shahar hududida paydo bo‘ladi, Toshkentda esa hozircha joylashuv noma’lum.

Boku va Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon nomidagi bog‘lar paydo bo‘ladi, deb xabar berdi Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi direktori Yusuf Abdullayev.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘lar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ramziga aylanadi. Shuningdek, agentlik direktori iyun oyi boshida Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov amaliy tashrif bilan Bokuga borganini ta’kidladi.
Tashrif doirasida u Bokudagi Oq shahar hududida “O‘zbekiston” bog‘i qurilishi rejalashtirilayotgan uchastkani o‘rgandi. Qayd etilishicha, Toshkentda joylashgan va kelajakda Ozarbayjon nomi bilan ataladigan bog‘ning qayerda joylashgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston “Do‘stlik bog‘i”ni tashkil etishi haqida xabar berilgandi. Amirlik hududida mevali daraxtlar ekiladi.
Izohlar