Sayyohlar O‘zbekistonga shoshilmoqda — statistika
Eng ko‘p Qirg‘iziston fuqarolari mamlakatga keladi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonga 4,2 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning shu davriga nisbatan sayyohlar soni 1,4 mln kishiga oshgan. Shu bilan birga, mamlakatga eng ko‘p qirg‘izistonlik sayyohlar tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, ushbu mamlakat fuqarolari soni 2025-yilning yanvar-may oylarida 1,2 mln kishini tashkil etgan.
Keyingi o‘rinda Tojikiston turibdi, uning 993,7 ming fuqarosi yil boshidan buyon mamlakatga tashrif buyurgan. Uchinchi o‘rinni Qozog‘iston aholisi egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mamlakatdan kelgan sayyohlar soni 889,6 ming kishini tashkil etgan. Keyinchalik statistika quyidagicha joylashdi:
- Rossiya – 334,3 ming;
- Afg‘oniston – 199,2 ming;
- Turkmaniston – 142,5 ming;
- Turkiya – 65,8 ming;
- Xitoy – 51,9 ming;
- Hindiston – 28,5 ming;
- Italiya – 17,4 ming.
Qayd etilishicha, qolgan 201,1 ming sayohatchi boshqa davlat fuqarolari bo‘lgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 2026-yilda lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. U qulaylik va atmosferaviy sayohatlarni afzal ko‘radigan xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Izohlar