Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi
Saylov kuni bir kishiga bir necha byulleten bergan saylov komissiyasi a’zosi jarimaga tortildi.

2024-yil 29-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida saylovda bir kishi bir necha kishiga ovoz berishga yo‘l qo‘ygan shaxs ustidan sud bo‘lib o‘tdi.
Sud hujjatida keltirilishicha, 2024-yil 27-oktabr kuni Xalq deputatlari tuman kengashiga o‘tkazilgan saylov jarayonida Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zosi M.A. fuqaro M.M.ga boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun jami 4 tadan ortiq bo‘lgan saylov byulletenlarini berib, saylov o‘tkazish qonunchiligini buzilishiga yo‘l qo‘ygan.
M.A. o‘zining ushbu harakatlari bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51−10-moddasida (Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan. Huquqbuzar M.A. sudda sodir etgan huquqbuzarligiga to‘liq iqror bo‘lib, bu harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan.
Sud M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51−10-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida — 375 ming so‘m jarima jazosini tayinladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi
Soʻnggi yangiliklar







