Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonlik ayol farzandlari bilan vatanga qaytarildi
Mutaxassislar oilani repatriatsiya qilish bo‘yicha kelishib, ular uchun chiptalar sotib olishdi.

Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonlik ayol diplomatlar ko‘magida farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol bolalari bilan Makkadagi “Ash-Shumaysiy” deportatsiya markazida bo‘lgan. Mamlakat Bosh konsulxonasi xodimlari bir necha bor markaz direktori bilan oilani vatanga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Muzokaralar davomida mutaxassislar ularni vatanga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bundan tashqari, Bosh konsulxona, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ziyoratchilar uchun ajratilgan Jidda — Toshkent charter reysiga oilaviy aviachiptalarni sotib oldi. 24 avgust kuni fuqarolar O‘zbekistonga yetib kelgan.
Avvalroq diplomatlar qul savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonlik ayolga yordam bergani xabar qilingandi. Jabrlanuvchi jinoyatchilar qo‘lidan qutqarib qolingan, shundan so‘ng u Qozog‘istondan vatanga qaytarilgan.
Izohlar