Samarqanddagi savdo doʻkonlaridan birida yongʻin chiqdi
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida katta yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin bugun, 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Valiy mahallasining Gʻalaba koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sodir boʻlgan.
Hodisa haqida soat 09:04 da viloyat FVBga xabar berilgan. Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida savdo doʻkonining shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisada jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi