Samarqanddagi oilaviy shifokorlik punkti jarimaga tortildi
Jomboy tumanida ichimlik suviga noqonuniy ulangan oilaviy shifokorlik punkti jarimaga tortildi.
Jomboy tumanida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti ichimlik suvi tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan foydalanayotgani aniqlangan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va “Samarqand suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda suv tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha Jomboy tumanida reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tumanning “Xolvoyi” MFY hududida joylashgan “Chalaqo‘rg‘on” oilaviy shifokorlik punkti ichimlik suvi tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan foydalanayotgani hamda suv hisoblagich uskunasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagani va muhrlanmaganligi aniqlandi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu qoidabuzarlik yuzasidan tashkilot mas’ullariga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, holatlar inspeksiya xodimlari tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi ayanchli YTHda “Jiguli” haydovchisi halok boʻldi Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktab binosi buzib tashlandi Samarqandda traktor tirkamasi va ikkita mashina ishtirokida YTH yuz berdi Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi